Nutqni yuklang.
Urg'u, unli va undoshlarni o'lchang.
Audio yozuvdagi har bir so'z va tovushning vaqt chegaralarini aniqlaymiz, so'ng bo'g'in urg'usi, ohang (F0), intensivlik, formantlar va undosh spektrini grafik va jadvallarda ko'rsatamiz.
Yangi hisoblar administrator tasdig'idan so'ng faollashadi.
Uch qadam: audio, matn, natija
Siz audio va uning matnini berasiz — tizim har bir so'z va tovushni vaqt bo'yicha hizalab, akustik o'lchovlarni hisoblaydi.
-
01
Audio yuboring
Fayl yuklang (MP3, WAV, M4A, OGG) yoki brauzerda yozib oling. Xohlasangiz, shovqindan tozalangan variantni asl yozuv bilan solishtiring.
-
02
Matnni kiriting
Audioda aytilgan matnni yozasiz — yuklash paytida yoki keyingi bosqichda audioni tinglab. Tinish belgilari ahamiyatsiz.
-
03
Natijani o'rganing
So'z va tovush chegaralari, urg'u, unli va undosh o'lchovlari — interaktiv grafiklar, nusxa olinadigan jadvallar va TextGrid fayli.
Bitta yozuvdan to'liq akustik profil
So'z urg'usi
Davomiylik, intensivlik va F0 asosida har bir so'zning urg'uli bo'g'ini. Og'irliklarni o'zingiz sozlaysiz.
Unli fazosi
F1 × F2 (va F3) bo'yicha unlilar xaritasi, IPA belgilari, ochiq va yopiq bo'g'in.
Undosh spektri
Spektral momentlar, jaranglilik va VOT — portlovchi, frikativ, affrikat, sonor va nazal undoshlar bo'yicha.
Prosodiya
Gap davomida F0 va intensivlik konturi, so'z chegaralari bilan birga.
Tovush grafiklari
Har bir so'z uchun to'lqin shakli, spektrogramma, F0, formantlar va fonema qatlami. TextGrid faylini yuklab olasiz.
Lug'at bilan tekshiruv
Akustik urg'u 10 548 so'zli o'zlashma so'zlar urg'u lug'ati bilan avtomatik solishtiriladi.
Grafik va jadval — yonma-yon
Unli fazosi · F2 × F1
6 unliUndoshlar jadvali
15 ustun| Fonema | Usul | So'z | Dav. (ms) | COG | HNR | VOT |
|---|---|---|---|---|---|---|
| ş | frikativ | mashqi | 118 | 4310 | 2.1 | — |
| q | portlovchi | mashqi | 92 | 2140 | 4.8 | 38 |
| k | portlovchi | kitob | 85 | 3020 | 3.9 | 46 |
| t | portlovchi | kitob | 70 | 3870 | 2.4 | 29 |
| b | portlovchi | kitob | 64 | 610 | 11.2 | 8 |
| f | frikativ | talaffuz | 132 | 5220 | 1.3 | — |
| z | frikativ | talaffuz | 96 | 5960 | 6.7 | — |
Birinchi tahlilingizni boshlang
Ro'yxatdan o'ting — hisob tasdiqlangach, audio yuklab bir necha daqiqada natija olasiz.